Tramp Eronning butun kommunikatsiya tarmog‘i yo‘q qilinganini da’vo qildi
Qo‘shma Shtatlar harbiy operatsiya davomida Eronning butun telekommunikatsiya tizimini ishdan chiqarganini da’vo qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp bu da’voni Florida shtatida bo‘lib o‘tgan «Amerika qalqoni» sammiti paytida bildirgan.
«Biz ularning aloqasini yo‘q qildik va barcha telekommunikatsiyalari yo‘q bo‘lib ketdi. Ular qanday aloqa qilishini bilmayman, lekin ular biror narsani hal qilishadi deb o‘ylayman», dedi u.
Tramp shuningdek, AQSh operatsiya davomida 42 ta Eron harbiy kemasini ham yo‘q qilganini da’vo qildi:«Biz 42 ta harbiy kemani yo‘q qildik, ularning ba’zilari juda katta».
28-fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi hujumni boshladilar va mamlakat bo‘ylab shaharlarga havo hujumlarini boshladilar. Oyatulloh Ali Xomanaiy 28 fevral kuni ertalab AQSh va Isroil havo hujumlari natijasida o‘ldirilgan, ammo Eron bu xabarni faqat 1 mart kuni tasdiqladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter