Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rus tergovi: Tramp jamoasi tergov jarayonida qonun buzilganini iddao qilmoqda

Rus tergovi: Tramp jamoasi tergov jarayonida qonun buzilganini iddao qilmoqda

Vladimir Putin va Donald Tramp

Foto: «Inosmi.ru»

Respublikachilar AQSh adliya vazirligining maxsus prokurori Robert Myuller tomonidan o‘tkazilgan va ko‘pgina Tramp tarafdorlarini aybdor deb e’lon qilgan tergov natijalarining xolisligini va ishonchliligini shubha ostiga olmoqdalar, deb xabar bermoqda «Europe1» radiosi.

Tramp jamoasi 2016-yilgi saylovlar paytida Rossiya bilan maxfiy aloqalarga doir bo‘lgan tergov natijalarini g‘ayriqonuniy deya baholamoqda. Bir necha haftalardan buyon prezident tarafdorlari va ba’zi respublikachilar Robert Myuller tomonidan olib borilgan tergovning ishonchliligi va xolisligini shubha ostiga olishmoqda. Ushbu tergov jarayonida Trampning bir qancha tarafdorlari aybdor sifatida ko‘rilmoqda, jumladan, milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat maslahatchisi bo‘lib ishlagan Maykl Flin ham. Advokat Kori Langhoferning Kongressga yo‘llagan maktubida aytilishicha, prokuratura bu hujjatlarni noqonuniy ravishda qo‘lga kiritgan, ammo ularda bunday huquq bo‘lmagan.

Robert Myullerning matbuot kotibi esa, tergov jarayonida hech qanday qonun buzilishlar ro‘y bermaganiini e’lon qildi. «Biz biror bir hujjatni qo‘lga kiritdikmi, demak, kerakli joydan ruxsat olganmiz» deya qo‘shimcha qildi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring