Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Jorj Bush davridagi mansabdorni yangi lavozimga tayinlaydi

Tramp Jorj Bush davridagi mansabdorni yangi lavozimga tayinlaydi

Foto: «BBC»

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi general Gerbert Makmaster lavozimini tark etadi. Bu haqida prezident Donald Tramp «Twitter»dagi sahifasida ma’lum qilgan.

Iste’fo 9-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Ommaviy axborot vositalarida Tramp va Makmaster mazkur masalani oxirgi bir necha hafta davomida muhokama qilgani haqida ma’lumot berilgandi. Amaldorning iste’fosi haqida e’lon qilar ekan, Tramp unga mislsiz xizmati uchun minnatdorlik bildirgan va har doim do‘st bo‘lib qolishlarini ta’kidlagan. Makmaster ham o‘z navbatida bir necha oydan so‘ng 34 yillik xizmati singgan AQSh qurolli kuchlari safidan ketmoqchi ekanligini ma’lum qilgan.

Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi lavozimini kichik Jorj Bush davrida AQSh davlat kotibi yordamchisi va AQShning BMTdagi doimiy vakili bo‘lgan Jon Bolton egallaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring