Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp o‘z ma’muriyatining birinchi ish yilini tarixdagi eng muvaffaqiyatli deb atadi

Tramp o‘z ma’muriyatining birinchi ish yilini tarixdagi eng muvaffaqiyatli deb atadi

Foto: AP / Andrew Harnik

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z ma’muriyatining birinchi ish yili Amerika tarixidagi eng muvaffaqiyatli yil bo‘lganiga ishonadi.

U bu haqida Vashingtonda bo‘lib o‘tgan konservatorlar (Consevative Political Action Conference) konferensiyada ma’lum qildi.

«Rostini aytganda, mening ma’muriyatim uchun (o‘zim uchun emas) birinchi yil qolgan barcha AQSh prezidentlariniki bilan solishtirganda eng yaxshi yil bo‘ldi. Men bunga ishonaman!», — dedi Tramp.

So‘zining isboti sifatida u soliq islohotlari, foydasiz savdo kelishuvlaridan voz kechish, immigratsiya va sog‘liqni saqlash sohalaridagi o‘zgarishlar haqida gapirgan. 

22-yanvar kuni esa «Gallup» agentligi e’lon qilgan so‘rov natijalariga ko‘ra amerikaliklarning atigi 38,4 foizi Trampning birinchi yil olib borgan ishlarini ma’qullashi ma’lum bo‘lgandi. Bu undan avvalgi prezidentlarning natijasidan kamida 10 foiz past, chunki ungacha Bill Klintondan boshqa biror prezident 50 foizdan past natijani ko‘rsatmagan.

Yaqinda «Quinnipac University» e’lon qilgan reytingda esa Trampning ko‘rsatkichi yana ham tushib ketgan: aholining 37 foizi uni qo‘llagan, 58 foizi esa uning faoliyatidan qoniqmaganini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring