Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp va Kim Chen In Uzoq Sharqda uchrashadi(mi?)

Tramp va Kim Chen In Uzoq Sharqda uchrashadi(mi?)

Foto: «RIA NOVOSTI»

AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In o‘rtasida uchrashuv Rossiya hududiga kiruvchi Uzoq Sharqda tashkil etilishi mumkin. Lekin bu borada hali rasman murojaat qilinmagan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi maxsus vakili Oleg Burmistrov ma’lumotiga asoslanib, «RIA Novosti» ma’lum qildi.

«Agar ular buni xohlasa, amalga oshirish imkoni bor. Ammo bu masalada hali hech kim bizga murojaat qilgani yo‘q», — degan Burmistrov.

Avvalroq Kim Chen In prezident Trampga uchrashishni taklif qilgani va bu uchrashuvni tezroq o‘tkazishni istayotgani haqida ma’lum qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring