Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Aytadi ham, qaytadi ham». Tramp Kim Chen In bilan uchrashishi mumkin

«Aytadi ham, qaytadi ham». Tramp Kim Chen In bilan uchrashishi mumkin

Foto: Kim Hong-Ji / REUTERS

Rasmiy Vashington Shimoliy Koreya bilan o‘tadigan sammitni tiklash uchun muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda prezident Donald Tramp o‘zining «Twitter»dagi sahifasida yozgan.

«Biz 12-iyun kuni Singapurda bo‘lib o‘tishi kutilgan sammitni o‘tkazish yuzasidan Shimoliy Koreya bilan konstruktiv muzokara o‘tkazmoqdamiz», — deya yozgan u. Shuningdek, zarurat tug‘ilsa, sammit muddati kechikishi mumkin.

Avvalroq Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvini bekor qilgani haqida xabar berilgandi.    

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring