Tramp va Netanyahu yopiq eshiklar ortida uch soat gaplashdi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. Ularning suhbati taxminan 3 soat davom etdi. Bu haqda CNN telekanali efirida ma’lum qilindi.
Aniqlik kiritilishicha, Isroil bosh vaziri Oq uyga uni jurnalistlar kutayotgan asosiy kirish eshigi orqali kirmagan. Uchrashuvdan oldin ham, keyin ham matbuot bilan an’anaviy muloqot tashkil etilmagan.
Tramp bilan uchrashuvdan oldin Netanyaxu AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi va Isroilning "Tinchlik kengashi"ga kirishi bo‘yicha kelishuvni imzoladi.
Uchrashuv yakunida Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Isroil bosh vaziri bilan Eron bo‘yicha yakuniy qarorga kelisha olmagani haqida yozdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter