Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turizm sohasi qator subsidiya va imtiyozlar bilan qo‘llab-quvvatlanadi

Turizm sohasi qator subsidiya va imtiyozlar bilan qo‘llab-quvvatlanadi

2026-yil 1-fevraldan boshlab chet el fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish ularning xohishiga ko‘ra naqd pul shaklida amalga oshirilishi mumkin.

Bu haqda Prezidentning  turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlariga doir qarorida belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, 2026-yil 1-martdan boshlab Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

  • turistik startaplarni – yangi turdagi turizm xizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi, biroq 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda har yili eng yaxshi 10 tagacha loyihalarga subsidiyalar ajratiladi;
  • mehmonxonalarning Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatda nazarda tutilgan xalqaro e’tirof etilgan «yashil» sertifikatlarni olish bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

2026-yil 1-apreldan boshlab esa xalqaro konferensiyalar va tadbirlarni (MICE turizm) tashkil qilib, unga kamida 100 nafar chet ellik turistni jalb qilgan tadbirkorlik subyektlariga ushbu tadbirlarni tashkil qilishda ular tomonidan to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarining 50 foizini qaytarish tartibi joriy etiladi.

2027-yil 1-yanvarga qadar:

  • turizm sohasi sub’yektlari tomonidan import qilinadigan avtobus, elektrobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatga olinib, litsenziyaga ega bo‘lgan turoperatorlarga, istisno tariqasida, ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam bo‘lmagan yuqori o‘tish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojxona boji va utilizatsiya yig‘imini amaldagi stavkaning 25 foizi miqdorida 3 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi;
  • turizm sohasi sub’yektlari tomonidan import qilinadigan avtobus, elektrobus va mikroavtobuslarning sonidan qat’i nazar, ularga bitta sertifikat berishga ruxsat etiladi.

2030-yil 1-yanvarga qadar «Brand Finance» kompaniyasining top-50 talik reytingiga kiruvchi brendni jalb qilgan holda brend bilan dastlabki kelishuvlarga ega mehmonxona qurilishini boshlagan tadbirkorlik sub’yektlari mehmonxonani qurish va jihozlashda mazkur brendning talabiga muvofiq olib keladigan asbob-uskunalar, texnika, transport vositalari, mebel va inventarlar uchun bojxona bojini to‘lashdan ozod etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring