Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkistonda Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti boshlandi

Turkistonda Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti boshlandi

Turkiston shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti boshlandi.

Kongress markazida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev samimiy kutib oldi.

Delegatsiyalar rahbarlari birgalikda suratga tushdilar.

Yig‘ilish boshlanishidan avval yetakchilar Turkiy sivilizatsiya markazi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

Qozog‘iston tashabbusi bilan barpo etiladigan ushbu majmua turkiy xalqlarning mushtarak ildizlari, boy tarixiy-madaniy merosi va sivilizatsiyalar birligini namoyon etishga xizmat qiladi. Loyiha turkiy dunyo mamlakatlari o‘rtasida ilmiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish, ma’naviy yaqinlikni mustahkamlash, umumiy qadriyat va an’analarni keng targ‘ib etishga qaratilgan.

Shundan so‘ng yetakchilarga Qozog‘istonning raqamli yechimlari hamda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning IT va sun’iy intellekt sohasidagi qo‘shma tashabbuslari taqdimot qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring