Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tursunzodaliklar Shavkat Mirziyoyevni tantana bilan kutib oldi (foto)

Tursunzodaliklar Shavkat Mirziyoyevni tantana bilan kutib oldi (foto)

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Emomali Rahmon hamrohligida Tojikistonning Tursunzoda shahriga tashrif buyurdi. Shaharga kiraverishda minglab aholi jam bo‘lib, davlatimiz rahbarini katta xursandchilik, tantana bilan kutib oldi. Milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi, deb xabar bermoqda prezidentning matbuot xizmati.

O‘zbekiston Prezidentining qo‘shni davlatlar bilan ochiqlik, bag‘rikenglik siyosati hamma tojikistonliklar qatori Tursunzoda aholisiga ham katta quvonch bag‘ishlagan.

Shavkat Mirziyoyevning joriy yil mart oyida Tojikistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan Davlat chegarasi bo‘yicha shartnoma hamda Fuqarolarning o‘zaro qatnovi to‘g‘risida bitim xalqlarimiz hayotida ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi. Chegaradan o‘tkazish punktlari faoliyati qayta tiklangani, aholining bordi-keldisi uchun o‘ttiz kungacha vizasiz tartib joriy etilgani, avtotransport va samolyotlar qatnovi yo‘lga qo‘yilgani odamlarga keng qulayliklar yaratmoqda.

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati
Foto: Prezidentning Matbuot xizmati
Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Prezidentimiz «O‘zi davlat nima uchun kerak? Odamlarga sharoit yaratish, xalqqa xizmat qilish uchun kerak» deya ko‘p ta’kidlaydi. Bugun davlatimizning ichki va tashqi siyosati, jumladan, qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlaridagi o‘zgarishlar ana shu maqsadga xizmat qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring