Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchta viloyatga Tergov boshqarmasi boshliqlari tayinlandi

Uchta viloyatga Tergov boshqarmasi boshliqlari tayinlandi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Tergov departamenti tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-tergov boshqarmasi boshlig‘i –polkovnik Hasanov Akil Axatovich egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-tergov boshqarmasi boshlig‘i – podpolkovnik Sharipov Shoxruh Shodiyevich egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Guliston shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i – polkovnik Qayumov Zohidjon Jumaboyevich egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring