Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina dengiz kuchlarining 3ta kemasi Rossiya chegarasini kesib o‘tdi

Ukraina dengiz kuchlarining 3ta kemasi Rossiya chegarasini kesib o‘tdi

Foto: «RIA Novosti»

Ukrainaning uchta dengiz kuchlari kemasi Rossiyaning chegarasidan o‘tib, Kerch (Qrim) kesishmasi tomonga harakatlanmoqda, deb xabar berdi «Novosti» axborot agentligi.

Kemalar yopiq suv hududiga soat ertalabki 7:00 atrofida kirib kelgan. Ma’lum qilinishicha, dengiz kuchlari BMTning dengiz qonunlari bo‘yicha konvensiyasining ikki moddasini buzgan.

Kerchda Rossiya dengiz porti kapitani tomonidan tasdiqlangan grafik bo‘yicha harakatlanish va to‘xtash mumkin. Aytilishicha, Kiyev ushbu hududdan kemalarning o‘tishi bo‘yicha murojaat qilmagan. Kemalar xavfli harakat qilib, Rossiya hukumati talablarini bajarmayapti.

Ukraina dengiz kuchlari hodisani izohlab, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida avvaldan xalqaro qonunlarga muvofiq tarzda ogohlantirganini ta’kidlamoqda.

Qrim parlamenti vitse-spikeri Yefim Fiks Ukraina dengiz kuchlari harakatlari javobsiz qolmasligini va’da qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring