Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukrainaga Rossiyadan 18 ta kitobni olib kirish taqiqlandi

Ukrainaga Rossiyadan 18 ta kitobni olib kirish taqiqlandi

Foto: TASS

Ukrainaning Teleradio davlat qo‘mitasi mamlakatga olib kirish taqiqlangan kitoblar ro‘yxatini kengaytirdi. Bu xususda «Ukrinform» agentliga asoslanib TASS xabar bermoqda. Agentlikning yozishicha, bugungi kunda qora ro‘yxatiga 156 ta kitob kiritilgan.

Kengaytirilgan ro‘yxatga Pyotr Tolochko, Sergey Grinevetskiy, Pyotr Simonenko, Dmitriy Tabachnik va Georgiy Kryuchkov muallifligida Xarkovda chop etilgan «O‘z joniga qasd qilishga talabnoma. Ukrainaga NATO nega kerak?» kitobi, shuningdek, Rossiyada chop etilgan «Keljakdan kelgan leytenant» (Yuriy Valin), «Oxirzamon farishtalari» (Anatoliy Gonchar), «Yovvoyi dala» (Aleksandr Kontorovich), «Donbassda qanday kurashishmoqda?» (Vladislav Shurigin), «Kiyev xuntasi» (Aleksey Chelnokov), «Qonga botgan yevromaydon – asr jinoyati» (Vitaliy Zaxarchenko), «Rossiyaning muqaddas yo‘li» (Nikolay Leonov) kabi asarlar va Aleksandr Tamonikovning 10 ta kitobi kiritilgan.

Davlat teleradioqo‘mitasi ushbu nashrlarning mazmuni Ukrainaning mustaqilligini tugatish, zo‘ravonlikni targ‘ib qilish, millatlararo, irqiy va diniy adovatni qo‘zg‘ashga qaratilgan deb ta’kidlaydi.

2017 yilning boshida Ukrainada «Ukrainaga qarshi qaratilgan xorijiy mahsulotlar»ni import qilishni cheklovchi qonun kuchga kirdi. Hujjatni ijro etish maqsadida 2017 yilning aprelida hukumat Ukrainaga ruxsatnomasiz olib kirilgan Rossiyada ishlab chiqarilgan nashrlarni majburiy tarzda olib qo‘yish tartibini joriy qildi. Qonunni buzganlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik ko‘zda tutilgan.

Ukrainada ma’lum bir nashrni taqiqlash yoki mamlakatda tarqatishga ruxsat berish huquqi davlat teleradioqo‘mitasiga berilgan, u qarorlarini ekspertlar kengashining xulosasi asosida qabul qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring