Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Universitet binosidagi yoriqlar yuqori xavf darajasiga ega emas deb topildi

Universitet binosidagi yoriqlar yuqori xavf darajasiga ega emas deb topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti binosida yoriqlar yuzaga kelgani videosi tarqalgandi.

Holat Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi va quyidagilar ma’lum qilindi:

  • ushbu yoriqlar universitetning eski mavjud binosi hamda o‘tish yo‘lagi oralig‘ida hosil bo‘lgan. Ikki bino o‘rtasidagi maxsus chok (temperaturniy shov), yillar davomida tashqi omillar ta’sirida shu holatga kelgan;
  • eski mavjud bino 1978 yilda loyihalashtirilgan va shu kunga qadar unda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmagan. Alohida ta’kidlash o‘rinliki, yoriqlar bilan bog‘liq holatning 2019 yil Investitsiya dasturi asosida qurib, foydalanishga topshirilgan universitetning yangi binolarga umuman aloqasi yo‘q;
  • bu bino g‘isht devoridagi yoriqlar emas. Shuningdek, o‘rganish ishlari davomida binoning poydevori ham ko‘zdan kechirildi. Vizual tekshiruv natijasiga ko‘ra poydevorda cho‘kish alomatlari mavjud emas.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring