Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Urgutning «Ipak yo‘li» (video)

Urgutning «Ipak yo‘li» (video)

Foto: «Xabar.uz»

Urgutliklar o‘z bozorlarini «Jahon bozori» deyishadi. Ko‘p ham «jahon bozori» bo‘lmasa-da, kamida sakkiz viloyatning odami shu bozordan savdo qiladi. Bir sababi bozordagi arzonchilik bo‘lsa, ikkinchi sababi bozorda o‘g‘ri yo‘q, aravacha sudraydigani ham birovning haqiga xiyonat qilmaydi.

Endi bozori «Jahon bozori» bo‘lgach, bu bozorga sakkiz viloyatning odamini olib keladigan yo‘l ham «Ipak yo‘li» bo‘ladi-da. Bu «Ipak yo‘li» ipakdek mayin, silliq, ravon bo‘lsa kerak deysiz-da?

Koshki...

Bu yo‘lning boshidan oxirigacha Ikkinchi jahon urushi haqidagi kinolarni olsa bo‘ladi. Zambaraklar va samolyotlardan bir yo‘la bombardimon qilingan ko‘chalarni suratga olmoqchi bo‘lgan rejissyorlar hech ikkilanmasdan mana shu yo‘lga kelaversin! Bu yo‘lning istalgan yerida bunday lavhalarni olish mumkin.

Tahririyatga shikoyat qilgan tumandagi Dehqonobod qishlog‘i aholisining ta’riflashicha, yoz oylari ko‘chada ko‘tariladigan chang-to‘zonning zo‘ridan ko‘chaning u yuzidagi odam bu yuzidagi odamni ko‘rmas emish. Ko‘zimiz bilan ko‘rgani o‘sha yo‘ldan – Toshkent — Termiz yo‘lidan Urgut shahrigacha bo‘lgan yo‘ldan yurib ko‘rdik. Mashinamiz «dod!» deb yubordi. Yo‘lning ahvolini ta’riflashga esa, ochig‘i, uyaldik. Yaxshisi, o‘zingiz ham ko‘ring!

Karimberdi To‘ramurod,
«Xabar.uz»ning maxsus muxbiri 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring