Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uxanda bemorlarni davolagan shifokorlar O‘zbekistonga keldi

Uxanda bemorlarni davolagan shifokorlar O‘zbekistonga keldi

Foto: SSV

Prezidentimiz tashabbusi bilan xitoylik shifokorlar va tibbiyot mutaxassislaridan iborat 15 kishilik guruh mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, xitoylik mutaxassislar mamlakatimizda COVID-19ning oldini olish, nazorat qilish va davolashni tashkil etishda yurtimiz tibbiyot xodimlariga yaqindan ko‘maklashadi.

Mazkur tibbiy guruh Xitoyning Nanchan shahridan (Szyansi provinsiyasining ma’muriy markazi) kelishgan bo‘lib, ushbu provinsiya Xubey provinsiyasi bilan chegaradosh (koronavirus tarqalishining epidemik markazi) va tuzalib ketgan bemorlar soni bo‘yicha Xitoyda birinchi o‘rinda turadi.

Tibbiy guruh tarkibiga virusolog, epidemiolog, pulmonolog, terapevt, jarroh va yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassislar kiradi. Ular orasida joriy yilning yanvar-fevral oylarida Xitoyda koronavirusga qarshi milliy kurash doirasida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri COVID-19ning tarqalish markaziga – Uxan shahriga va Xubey provinsiyasining boshqa shaharlariga yuborilgan yetakchi klinikalarning tajribali shifokorlari ham bor.

Ayni paytda xitoylik shifokorlar bilan birga, Xitoy Xalq Respublikasi hukumati nomidan zarur tibbiy buyumlar va dori-darmonlar vositalaridan iborat gumanitar yordam ham olib kelindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring