Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«UzAuto Motors» zavodi Chevrolet Onix hamda Tracker yig‘ishni boshlaydi

«UzAuto Motors» zavodi Chevrolet Onix hamda Tracker yig‘ishni boshlaydi

Foto: Uzauto Motors

«UzAuto Motors» kompaniyasi yagona platformadagi yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi.

Birinchi bosqichda Chevrolet Onix hamda Tracker modellari yig‘iladi.

Chevrolet Onix va Tracker modellarini o‘zlashtirish doirasida ishlab chiqarish imkonini beradigan o‘rnatish va ishga tushurish ishlari joriy yilning 15-iyul sanasidan – 21-avgust sanasigacha rejalashtirilgan.

Qayd etilishgicha, yangi platformani joriy etish dasturi yangi ishlab chiqarish tizimiga o‘tishni, avtomobillar qismlarini mahalliylashtirilish va moslashtirishga imkon beradi.

UzAuto Motorsning Asaka shahridagi zavodida yangi platformani joriy etish dasturini amalga oshirish uchun qo‘shimcha tarzda yana 500 nafarga yaqin xorijiy mutaxassislar jalb qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring