Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uzbekistan Expo 2026: Toshkentda 30 dan ortiq global startap o‘z yechimlarini namoyish qildi

Uzbekistan Expo 2026: Toshkentda 30 dan ortiq global startap o‘z yechimlarini namoyish qildi

Toshkentdagi Turkiston konsert zalida IT Park Uzbekistan, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Plug and Play Tech Center hamkorligida “Uzbekistan Expo 2026” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyo, Yevropa va boshqa mintaqalardan kelgan 30 dan ortiq startap, investor va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Eksponing asosiy qismi Plug and Play akseleratsiya dasturining 5 va 6-batch startaplariga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar sun’iy intellekt, fintex, kiberxavfsizlik, healthtech, edtech, gaming va digital platformalar sohasidagi innovatsion yechimlarini taqdim qildi.

Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, AQShning Toshkentdagi elchixonasi vakillari hamda xalqaro investorlar qatnashdi. Ular O‘zbekistonda startap ekotizimi jadal rivojlanayotganini va mamlakat mintaqaviy innovatsion xabga aylanayotganini ta’kidladi.

5-batch startaplari orasida AI asosida kredit baholash platformasi MoliyAI, marketing avtomatizatsiyasi xizmati Minora AI va raqamli reklama platformasi Smartcast katta qiziqish uyg‘otdi.

6-batch doirasida esa gaming, fashion tech va AI kontent yo‘nalishidagi loyihalar taqdim etildi. Ular orasida Insomnia Digital, AIWardrobe, Kiddo va Verba kabi startaplar ishtirok etdi.

Tadbir yakunida investorlar va startap asoschilari o‘rtasida yangi hamkorliklar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. “Uzbekistan Expo 2026” O‘zbekistonning xalqaro startap maydonidagi o‘rnini yanada mustahkamlagan muhim innovatsion platforma sifatida e’tirof etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring