Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«UZMOBILE GSM» abonentlari uchun ham «avtoto‘lov» xizmati ishga tushdi

«UZMOBILE GSM» abonentlari uchun ham «avtoto‘lov» xizmati ishga tushdi

Foto: «UzDaily.uz»

«UZMOBILE» mobil operatorining GSM tarmog‘idagi abonentlari uchun CLICK kompaniyasining «avtoto‘lov» xizmati joriy qilindi.

Ushbu xizmat mobil aloqa raqamining balansi ma’lum darajadan kamaygan paytda uni avtomatik ravishda plastik karta hisobidan to‘ldirib, abonentning balansini doimiy ravishda ijobiy holatda ushlash imkonini beradi, deyiladi kompaniya ma’lumotida.

Xizmatni ulash CLICK tizimining USSD-menyusi orqali (*880#) yoki «CLICK Uzbekistan»  mobil ilovasi orqali oshiriladi. Xizmat bir marta sozlangach, foydalanuvchining ishtiroki boshqa talab qilinmaydi. Tizim ko‘rsatilgan mobil aloqa raqamining balansini avtomatik tarzda to‘ldirib, foydalanuvchiga amalda oshirilgan to‘lov haqida ma’lumot beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring