Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jo Bayden: «Virus emlanmagan aholi orasida tarqalmoqda»

Jo Bayden: «Virus emlanmagan aholi orasida tarqalmoqda»

Amerikada koronavirus pandemiyasi emlanmaganlar orasida tarqalmoqda. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden CNN telekanaliga ma’lum qilgan.

«Hammasi oddiy: bizda emlanmaganlar orasida virus mavjud. Kim vaksina qabul qilsa o‘sha inson kasal bo‘lmaydi», — deydi Bayden.

Amerika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yaqinda COVID-19 dan vafot etgan 10 000 kishi orasida 9 950 kishi emlanmagan. Prezident 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni emlashni boshlashni mo‘ljallamoqda.

Avvalroq, 5-iyul kuni Bayden mamlakat «mamlakat virusdan holi ekanligini e’lon qilishga yaqin» ekanligini aytgandi, ammo bu kasallik ustidan to‘liq g‘alabani anglatmaydi.

Bayden mamlakat aholisini ommaviy emlashga chaqirish uchun shunday bayonot bilan chiqqan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring