Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Voicy Telegram-bot» ovozli xabarlarni matnliga aylantiradi

«Voicy Telegram-bot» ovozli xabarlarni matnliga aylantiradi

Foto: «Medium»

Ovozli xabarlar suhbatdoshingiz bilan tezroq muloqot qilishingizda yordam beradi, biroq uni eshitish doim ham qulay bo‘lavermaydi. «Voicy» mazkur muammoga barham berdi, deb xabar qiladi «Layfxaker».

Eng avvalo, bot sizga o‘zgartiriladigan nutq va matnning tilini tanlashni tavsiya qiladi. Agarda u tanlanmasa bot «Wit.ai»dan foydalanadi. U ovozli xabalarni yaxshi «taniydi», biroq uning davomiyligi 50 soniyadan oshmagan bo‘lishi kerak.

«/engine» buyrug‘i orqali boshqasini ham tanlash mumkin. Masalan, «Yandex.SpeechKit»ni — unda vaqt chegaralanmagan, biroq so‘zlarni yomon taniydi. Shuningdek, «Google Speech» nomli pulli dastur ham mavjud. U boshqa dasturlarga qaraganda chegaralanmagan miqdordagi ovozlarni yaxshigina matnga aylantiradi.

Ushbu bot ovozli xabarlardan tashqari, telefon xotirasidagi audiofayllarni o‘zgartirishda yordam beradi.

Bot biror-bir guruhga qo‘shilgudek bo‘lsa, «Voicy» barcha ovozli xabalarni matnliga aylantira boshlaydi. Qulaylik uchun «/silent» buyurug‘ini yuborib «ovozsiz rejim»ni yoqib qo‘yish mumkin — shunda bot matnni «taniy» boshlagani haqida xabar berishdan to‘xtaydi.

Botni o‘chirib tashlash uchun chatga «files» buyrug‘ini yuborsangiz kifoya.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring