Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

WATG startapi dunyoda birinchi bor erkin shakldagi uyni chop etadi

WATG startapi dunyoda birinchi bor erkin shakldagi uyni chop etadi

3D-bosma orqali yaratiladigan uylar.

Foto: «Hi-News»

3D-bosma orqali uylar loyihasini yaratishga ixtisoslashgan Amerikaning «WATG Urban» kompaniyasi yaqin kunlarda insonlar yashay oladigan uylarni qurishni boshlaydi, deb xabar berdi «Hi-News».

Mutaxassislar innovatsion texnologiyalar yordamida bunga qadar faqatgina taassurotlar orqali yaratish mumkin bo‘lgan murakkab arxitetura shakllarini yaratish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Startap qimmat bo‘lmagan materiallar va qurilishning mavjud usullaridan foydalangan holda zamonaviy uylarni yaratish niyatida.

Foto: «Hi-News»

Uch o‘lchamli bosma qurilish materiallarini tejash imkonini beradi. Ular bu orqali qurilishda ishlatiladigan barcha materallarni — sement, plastik, yog‘och va gipslarni yarata oladi. Startap texnologiyasi yordamida yaratilgan bir necha kilogrammlik to‘sin bir yarim tonnagacha yuklanishni ko‘tara oladi, gipsli penoplast esa yong‘inga chidamlidir.

Ayni vaqtda mahalliy hukumat bilan muzokaralar o‘tkazilib, kerakli hujjatlar tayyorlanmoqda. Loyihaning dastlabki qiymati hozircha ochiqlanmadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring