Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xaker «iPhone X»ni buzib kirishga mo‘ljallangan dasturni yaratdi

Xaker «iPhone X»ni buzib kirishga mo‘ljallangan dasturni yaratdi

Xaker «iPhone X»ni buzib kiradigan birinchi dasturni yaratdi.

Foto: «Highsnobiety»

Dasturchi Jonatan Levin «iPhone X»ni buzib kirishga mo‘ljallangan birinchi dasturni yaratdi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

Dasturdan «iOS 11.0» amaliy tizimida ishlaydigan barcha turdagi «iPhoen», «iPad» va «iPod Touch»larga nisbatan foydalanish mumkin. Shu bilan birga «Redmond Pie» nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, xaker ushbu dasturni ishlab chiqishda birinchi bor «Google» xodimi Ien Bir tomonidan aniqlangan nuqsondan foydalangan.

Ayni vaqtda smartfonni buzib kirish «vaqtincha» hisoblanadi, chunki gadjet qayta o‘chirib yoqilganida jarayonni qaytadan boshlashga to‘g‘ri keladi.

Amaliy tizimni buzish yoki «jailbreak» — bu qurilmaning fayllar tizimiga kirishga ruxsat beruvchi operatsiya hisoblanadi. U amalga oshirilganidan so‘ng, foydalanuvchi «Apple» bilan imzolangan bitimni buzgan hisoblanadi va uni qurilmaga kafolatli xizmat ko‘rsatish huquqidan mahrum qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring