Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro konferensiya ishtirokchilari Toshkentga yetib kelmoqda

Xalqaro konferensiya ishtirokchilari Toshkentga yetib kelmoqda

Bugun, 26-mart kuni Toshkent shahrida o‘tadigan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya boshlandi.

Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Xadjiyev boshchiligidagi delegatsiya mazkur konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizga keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Turkmaniston delegatsiyasini O‘zbekiston Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi.

Shuningdek, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov boshchiligidagi delegatsiyani Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi.

BMTning Afg‘onistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamotoni esa Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasining asosiy tadbirlari 27-martga mo‘ljallangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring