Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekiston temir yo‘llari» «Xiva-Lokomotiv» mehmonxonasini foydalanishga topshirdi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» «Xiva-Lokomotiv» mehmonxonasini foydalanishga topshirdi

Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan Xiva shahrida zamonaviy mexmonxona qurib foydalanishga topshirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

«Xiva-Lokomotiv» MChJga qarashli inshoot 74 o‘rinli bo‘lib, 41 turdagi xonalardan iborat. Sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur mehmonxona temir yo‘l vokzali yonida bunyod etilgan. 

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ Xivada yana ikkita mehmonxona qurilmoqda. Binolar Ichan va Dishan qal’a oralig‘ida joylashgan bo‘lib, 56 hamda 84 o‘rinli. Ushbu inshootlarda sayyohlar uchun barcha shart-sharoitlar jahon standartlari bo‘yicha joriy etilmoqda. Xususan, bu yerda yopiq turdagi basseyn, sauna, zamonaviy restoran faoliyat ko‘rsatishi rejalashtirilgan. Mazkur mehmonxonalardan Ichan qal’agacha piyoda borish mumkin, transportga ham xojat yo‘q. 

Shuningdek, shu kunlarda temiryo‘lchilar tomonidan «Xiva-Lokomotiv» istirohat bog‘ini barpo etish ishlari ham davom etmoqda. Bog‘ning umumiy maydoni 10 gektarni tashkil etadi. Bu yerda 22 turdagi zamonaviy attraksionlar o‘rnatiladi. Hudud ko‘kalamzorlashtirilib, 2500 dan ortiq 14 turdagi manzarali daraxt va gullar ekiladi. Shu bilan birga 3 ta musiqali favvora ham bunyod etiladi. Shuningdek, loyiha doirasida 500 kishilik amfiteatr hamda suniy ko‘l ham quriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring