Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xo‘jaylida bedarak yo‘qolgan 8 yashar bolaning jasadi topildi

Xo‘jaylida bedarak yo‘qolgan 8 yashar bolaning jasadi topildi

Foto:«Tengrinews.kz»

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida bedarak yo‘qolgan 8 yashar bolaning jasadi oqava quvurdan topildi. Bu haqda «Kruz.uz» xabar berdi. 

Xo‘jayli tumani IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, Xo‘jayli shahrining Tao‘sha ko‘chasida yashovchi 2011 yilda tug‘ilgan A.A. 19 yanvar kuni «Antakiya» restoranidagi to‘yga onasi bilan borib, bedarak yo‘qolgan. Bola yo‘qolgani haqida militsiyaga 18:30 da xabar berilgan, shundan so‘ng qidiruv ishlari boshlangan.

«Antakiya» restorani kuzatuv kameralari yozuvlarini o‘rganish davomida A.A. to‘yxona yaqinidagi oqava suv qudug‘iga tushib ketgani aniqlangan. Kech soat 23:30 larda bolaning jasadi quduq ichidan topilgan. Bola quduqqa sirpanib tushib ketgani taxmin qilinmoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 19 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston bo‘ylab qor yoqqan, havo harorati past bo‘lib, ko‘p joylar muzlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring