Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xolon texnologiya instituti doktori: «Innovatsion taraqqiyotga Al-Xorazmiy kashfiyotlari asosdir»

Xolon texnologiya instituti doktori: «Innovatsion taraqqiyotga Al-Xorazmiy kashfiyotlari asosdir»

Xolon texnologiya instituti doktori Yakov Damatov Al-Xorazmiyning ilmiy kashfiyotlari haqida gapirdi.

Foto: «Xabar.uz»

Toshkentda Muhammad al-Xorazmiy tavalludining 1235 yilligiga bag‘ishlangan  xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida tashkil etilgan anjumanda 10 ga yaqin davlatdan kelgan va yurtimizdan olimlar, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Foto: Sergey Nasledov
Foto: Sergey Nasledov

— Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bajarilayotgan barcha hisoblash amallarining negizida buyuk vatandoshingiz Muhammad al-Xorazmiyning ilmiy kashfiyotlari yotgani nafaqat o‘zbek xalqiga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi, balki buni butun dunyo tan oladi, — deydi Isroil davlatining Xolon texnologiya instituti doktori Yakov Damatov. — Konferensiya ishtirokchilaridan biri asli matematika, algebra al-Xorazmiydan boshlanadi, degan fikrni aytdi. Darhaqiqat, u o‘z davrining, balki barcha zamonlarning ham eng buyuk matematigidir. Ayniqsa, hozirgi davrda shiddat bilan taraqqiy etayotgan raqamli innovatsion taraqqiyotga ham Al-Xorazmiyning ilmiy kashfiyotlari asosdir.

Konferensiyada telekommunikatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining iqtisodiyotimiz rivojidagi roli, muammolar va ularning yechimlari, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va xavfsizligi masalalari singari ko‘plab dolzarb mavzular ko‘rib chiqildi.

Konferensiya doirasida seminarlar tashkil etilib, unda elektron tijorat, «Elektron hukumat» tizimini joriy qilish va rivojlantirish borasida axborot texnologiyalaridan foydalanish, «Axborot kutubxonasi va arxivlar» yo‘nalishining innovatsion rivojlanishi, ixtisoslashtirilgan dasturiy va apparat ishlanmalaridan iqtisodiyotning real tarmoqlarida foydalanish, axborot xavfsizligi muammolari, «aqlli» va «xavfsiz» uylarni loyihalashtirish hamda zamonaviy pedagogika axborot texnologiyalari bo‘yicha original tadqiqotlar o‘rganildi. Shuningdek, telekommunikatsiya tizimlari, raqamli televideniye, radio, simsiz aloqa texnologiyalari, radiotexnika rivojlanishi istiqbollari haqida fikr yuritildi. Axborot texnologiyalari uchun nazariy asosni ta’minlovchi analitik materiallar va ilmiy ishlar muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring