Xorijga chiqish pasportlari ilk egalariga topshirildi

2019-yil 1-yanvardan fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirilgan.
Ushbu pasport Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi tomonidan 10 ish kuni mobaynida ishlab chiqariladi. Pasportning amal qilish muddati — 10 yil.
Bugungi kunda poytaxtdagi 8000 dan ziyod fuqaro xorijga chiqish biometrik pasportini ro‘yxatdan o‘tkazish va olish uchun ariza topshirgan, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

2019 yil 12 yanvardan boshlab IIBBning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining tumanlardagi bo‘linmalari tomonidan tayyor pasportlarni o‘z egalariga topshirish boshlandi.

Shunday tantanali marosimlar bir nechta migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, xorijga chiqish biometrik pasportini olish tartibi haqida avvalroq ma’lumot berib o‘tgandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter