Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yakkasaroydagi «Seul moon»da yong‘in chiqdi

Yakkasaroydagi «Seul moon»da yong‘in chiqdi

Bugun, 11-iyul kuni soat 09:43 da Toshkent shahar FVBga Yakkasaroy tumani «Bahodir» ko‘chasida «Seul moon»da joylashgan ovqatlanish maskanlarining birida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Mazkur xabarga asosan, yong‘in qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 09:47 da yetib borib,  yong‘in soat 09:49 da o‘rab olingan va soat 09:53 da to‘liq o‘chirilgan.

Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring