Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana 8 kishida koronavirus chiqdi. Bu safar aholi orasidan aniqlanganlar yo‘q

Yana 8 kishida koronavirus chiqdi. Bu safar aholi orasidan aniqlanganlar yo‘q

2020 yil 31 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3554 (+8) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot berdi.

Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 3 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 1 nafari Toshkent shahrida karantinda bo‘lgan fuqaroda, 4 nafari esa Buxoro viloyatida aniqlangan bo‘lib, shundan 3 nafari Shofirkon tumanida koronavirus aniqlangan haydovchi bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar, yana 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi.

Ayni paytda yurtimizda 2783 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 757 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 9 nafar bemor og‘ir, 1 nafar bemor esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring