Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yandex» reklama uchun to‘lovlarni «UzCard» kartalaridan qabul qila boshladi

«Yandex» reklama uchun to‘lovlarni «UzCard» kartalaridan qabul qila boshladi

«Yandex.Direkt» O‘zbekistonda milliy to‘lov tizimi — UzCard kartalarini qabul qila boshladi. Endi o‘zbekistonlik reklama beruvchilar reklama kampaniyalari to‘lovini UzCard kartalari orqali o‘zbek so‘mida amalga oshirishlari mumkin.

Reklama uchun to‘lov foydalanuvchi tanlagan valyutada (dollar, yevro yoki rubl) O‘zbekistondagi kurs bo‘yicha o‘tkaziladi. Pul tez muddatda, vositachilik haqisiz o‘tkaziladi. Protsessing jarayonini «Upay» kompaniyasi ta’minlaydi, Direkt va UzCard texnik integratsiyasi bilan «Payture» protsessing markazi shug‘ullandi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgacha reklama beruvchilar reklamani faqat Visa, MasterCard kartalari yoki banklar vositasidagi valyuta o‘tkazmalari yordamida to‘lashlari mumkin edi.

«Biz o‘zbekistonlik reklama beruvchilar tomonidan Direkt xizmatiga bo‘lgan katta qiziqishni ko‘ryapmiz va hamkorlarimiz uchun imkoniyatlarni kengaytirishga intilamiz. UzCard kartalaridan 19 milliondan ortiq kishi, yani O‘zbekistondagi to‘lov qobiliyatiga ega aholining asosiy qismi foydalanadi. Odamlar ular bilan saytlar, oziq-ovqat do‘konlari va yoqilgi quyish shaxobchalarida to‘lovni amalga oshiradilar. Reklama beruvchilar kampaniyalarini to‘lashlari osonroq va qulayroq bo‘lishi uchun biz hisob-kitoblarning bu usulini Direkt xizmatiga ham qo‘shdik», - deydi «Yandeks» kompaniyasi kichik va o‘rta biznes bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sergey Gershteyn.

«Yandex.Direkt» - bu turli reklama kampaniyalarini o‘tkazishga imkon beruvchi yagona platforma bo‘lib, Direkt reklamani Yandex xizmatida qidirish natijalari sahifalari va Reklama tarmog‘i maydonchalariga joylashtirish imkonini beradi, ehtimoliy mijozlar esa uni kompyuter va mobil qurilmalarda ko‘rishlari mumkin. Yil boshidan beri Direkt platformasidagi o‘zbekistonlik reklama beruvchilar soni bir yarim marta ortgan.

«Upay» - elektron to‘lovlar universal servisi bo‘lib, uning yordamida onlayn tarzda kommunal xizmatlar, mobil aloqa, internet uchun to‘lovlarni o‘tkazish, kreditlarni so‘ndirish va tarmoqda xarid qilish mumkin. Servis 500 mingdan ortiq foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatadi va 400 dan ortiq xizmat va tovarlar ta’minotchilariga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring