Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yangi daraxt — yangi nafas» respublika ekochempionati o‘tkaziladi

«Yangi daraxt — yangi nafas» respublika ekochempionati o‘tkaziladi

Foto: Xabar.uz

Prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-dekabrdan Ekologiya vazirligi atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimi ma’lumotlari bazalarining jamoatchilik uchun ochiqligini ta’minlaydi hamda ularda quyidagi ma’lumotlarni joylashtirib boradi.

Jumladan:

  • har yili «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ekiladigan daraxt va ko‘chatlar haqida;
  • daraxt va butalarni kesish uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish maqsadida taqdim etilgan arizalar haqida;
  • suv havzalarida noruda materiallarni qazib olish bo‘yicha joriy qilingan moratoriy tartibini buzgan shaxslar haqida.

2025-yildan har yili quyidagilar amalga oshirib boriladi:

  • «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Yangi daraxt — yangi nafas» respublika ekochempionati;
  • har oyda 1 marotaba «Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz» shiori ostida aksiyalar, tashviqot tadbirlari.

Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakati tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring