«Yangi Toshkent» bo‘yicha uchta kompaniya loyihasi ko‘rilmoqda

Britaniyaning Benoy kompaniyasi «Yangi Toshkent» loyihasini e’lon qilgan edi. Toshkent shahar hokimligi ushbu loyiha bo‘yicha izoh bildirdi.
«Do‘stlar, hamshaharlar! Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda «ajoyib» tasvirlar keng tarqaldi.
Britaniya me’morchilik kompaniyasi Benoy o‘zining veb-sahifasida Toshkent shahri Bosh rejasining loyihasini e’lon qildi. Bu haqda ko‘pchilik bir zumda o‘z fikrlarini bildirishga ulgurishdi va hatto uni noto‘g‘ri qilingan degan fikrlar ham uchradi.
Aytish joiz, bu masalada Benoy faqat o‘z rejasini taqdim etdi. Bu masalada 3 ta kompaniyaning loyihalari ko‘rib chiqilmoqda, ularning orasida Benoy ham bor. Toshkent shahar hokimligini va shaharsozlik bo‘yicha mas’ul komissiya taqdim etilgan loyihalarni o‘rganib, eng ma’qulini tanlaydi.
Do‘stlar, sizdan iltimos, yangiliklar va faktlarni kim nashr etayotganligidan qat’iy nazar (axborot sahifalari yoki mashhur blogerlar) ma’lumotlarning xaqqoniyligini tekshiring. Hozircha yakuniy qaror va tasdiqlangan reja yo‘q. Qaror va rejalar tasdiqlansa, bu haqida rasmiy ravishda xabardor qilamiz», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter