Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyadagi AESda radioaktiv zarrachali bug‘ sizib chiqishi kuzatildi

Yaponiyadagi AESda radioaktiv zarrachali bug‘ sizib chiqishi kuzatildi

Foto: Tohoku Electric Power

Yaponiyaning «Onagava» atom elektr stansiyasida tarkibida radioaktiv zarrachalar bo‘lgan bug‘ sizib chiqishi kuzatildi. Bu haqda Tohoku Electric Power kompaniyasi bayonot berdi.

Stansiya xodimlari kondensat yig‘ishga mo‘ljallangan rezervuardan xavfli bug‘ chiqayotganini aniqlagan. Hodisa yuz bergan vaqtda AESning ikkinchi energobloki sinov tariqasida ishlatilayotgan va tijoriy faoliyatini qayta tiklashga tayyorlanayotgan edi.

Rezervuardagi nosozlik sababli ikkinchi energoblokni rejadan tashqari texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun zudlik bilan to‘xtatishga to‘g‘ri keldi.

Kompaniyaning bildirishicha, radioaktiv moddalar stansiya hududidan tashqariga tarqalmagan, atrof-muhitga zarar yetmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring