«Yashil hudud» tashabbusi bilan chiqqan mahallalar qo‘llab-quvvatlanadi

Davlat rahbarining bugungi yig‘ilishda ta’kidlashicha, mahallalar aholisi o‘zlari daraxt ekib, parvarish qilishga, yashil hududlarni ko‘paytirishga tayyor.
Lekin birorta hokim yoki mahalla raisi tayinli joyni ko‘rsatib bermayotgani tanqid qilindi.
Endilikda «yettilik», mahalla aholisi yashil hudud qilish tashabbusi bilan chiqsa, tuman hokimi 10 sotixgacha yer maydoni ajratib beradi.
Hokimlar va «yettilik» buning ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishi, bu yerlar boshqa maqsadlarga beriladigan bo‘lsa, qonun ustuvor, jazo muqarrar bo‘lishi haqida ogohlantirildi.
Bosh prokuraturaga boshqa maqsadlar uchun berib yuborilgan yashil hudud, sport maydonchasi, bolalar o‘yingohlarini joyiga qaytarish bo‘yicha topshiriq berilgan edi. To‘rt oy ichida 20 gektar yashil hudud, 107 ta sport maydonchasi va bolalar o‘yingohi tiklandi.
Davlat rahbari bunday joylarning barchasi joy-joyiga qo‘yilmaguncha ishni davom ettirish vazifasini qo‘ydi.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter