Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aeroportlarda «yashil» va «qizil» yo‘lak (koridor)lar ishga tushirilmoqda

Aeroportlarda «yashil» va «qizil» yo‘lak (koridor)lar ishga tushirilmoqda

Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportidagi «yashil» va «qizil» yo‘laklar

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

Toshkent va boshqa shaharlar aeroportlarida 1 yanvardan ikki yo‘lak (koridor) tizimi ishga tushdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qo‘mitaning rasmiy saytida poytaxt aeroportidagi 2018 yil 1 yanvardan ishga tushadigan «yashil» va «qizil» yo‘lak (koridor)lar suratlari e’lon qilindi. Xabarda qayd etilishicha, birinchilardan bo‘lib Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportida ushbu tizim ishga tushgan. Shuningdek, Termiz aeroportida ham ikki koridor faoliyatini boshlagan.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

Endilikda mamlakat xalqaro aeroportlarida jismoniy shaxslar notijoriy maqsadlar uchun tovarlarni deklaratsiya qilish shakllari sifatida bojxona operatsiyalarini amalga oshirish uchun «yashil» va «qizil» koridorlardan birini tanlashlari mumkin.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, yo‘lovchilarga tushunarli va qulay bo‘lishi uchun Davlat bojxona qo‘mitasi ikki koridor to‘g‘risida batafsilroq ma’lumot beruvchi videorolik ham tayyorlagan.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring