Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yilning so‘nggi kuni uchun ob-havo tafsilotlari

Yilning so‘nggi kuni uchun ob-havo tafsilotlari

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduzi yomg‘ir yog‘adi, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechqurun ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq, shimolda 0-5° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat ertalab 8-10° iliq bo‘ladi, kunduzi 4-5° iliqqacha pasayadi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-6° iliq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring