Yo‘qolganiga 10 yildan oshgan Malaysia Airlines samolyotini qaytadan qidirish boshlanadi
Malayziya hukumati yo‘qolganiga 10 yildan oshgan Malaysia Airlines samolyotini qaytadan qidirish boshlanganini e’lon qildi. The Guardian Malayziya transport vazirligiga asoslanib xabar berishicha, qidiruv ishlariga shu yilning 30-dekabridan kirishiladi.
Qidiruv ishlariga AQShning suv osti robototexnikasiga ixtisoslashgan Ocean Infinity firmasi jalb qilingan. Hind okeani tubini o‘rganish tanaffuslar bilan 55 kun davom etishi rejalashtirilgan. Yangi qidiruv ishlari yo‘qolgan samolyotni topish ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlarda olib boriladi, ammo joylar haqida aniq ma’lumotlar oshkor etilmagan.
MH370 (Kuala Lumpur – Pekin) reysini amalga oshirayotgan Boeing samolyoti 2014-yilning 8-martida parvozdan 40 daqiqa o‘tgach g‘oyib bo‘lgan. Uning bortida 12 nafar ekipaj a’zosi va 227 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Keng ko‘lamli xalqaro qidiruvlarga qaramay, havo kemasi topilmagan. Ushbu voqea jahon fuqaro aviatsiyasi tarixidagi yechilmagan jumboqlardan biri bo‘lib qolmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter