Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yosh kitobxon» aniqlandi. «Spark» o‘z egasini topdi!

«Yosh kitobxon» aniqlandi. «Spark» o‘z egasini topdi!

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 16 fevral kuni yoshlar orasida mutolaa muhitini yaratish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yoshlarning intellektual bilimlarini va ma’naviy saviyasini oshirish, adabiyotning mo‘’jaz olamiga olib kirish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining «Yosh kitobxon» tanlovi respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Murakkab shartlar, qizg‘in bahslardan so‘ng «Yosh kitobxon» tanlovining mutlaq g‘olibi aniqlanib, va’da qilingan Prezident sovg‘asi «Spark» o‘z egasini topdi.

Samarqandlik Mohiniso Shomurodova 252.25 ball bilan 1-o‘rinni, xorazmlik Umidjon Qutlimurodov 245 ball bilan 2-o‘rinni, buxorolik Nodira Mirodullayeva 221.75 ball bilan 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Birinchi o‘ringa eng oliy sovrin — «Spark» avtomashinasi, ikkinchi o‘ringa kompyuter jamlanmasi, uchinchi o‘ringa esa 200 dona kitob berildi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring