Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yozuvchi Abdulla Qodiriy hayoti va faoliyati haqida badiiy film ishlanadi

Yozuvchi Abdulla Qodiriy hayoti va faoliyati haqida badiiy film ishlanadi

Mamlakatimizda 2019-yilning oktyabr oyida buyuk o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligi keng nishonlanadi.

Shu munosabat bilan Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i Ichki ishlar vazirligidan Toshkent shahar hokimligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul o‘tkaziladi. Istirohat bog‘ida Abdulla Qodiriy ijodiga bag‘ishlangan adabiy muzey, ijodiy maktab, kutubxona barpo etiladi. Adibning mahobatli haykali o‘rnatiladi. Yozuvchi yashab ijod qilgan uy – Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Samarqand darvoza ko‘chasi 35 va 37-uy manzillarida Abdulla Qodiriy uy-muzeyi tashkil etiladi, deya yozmoqda «O‘zA».

«O‘zbekkino» milliy agentligi tomonidan Abdulla Qodiriy hayoti va faoliyati haqida badiiy film, asarlari asosida qisqa metrajli film yaratiladi. Shuningdek, mamlakatimiz oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida adib hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy tadbirlar, davra suhbatlari, ijodkorlar bilan uchrashuvlar uyushtiriladi.

2019-yilning aprel oyida «Abdulla Qodiriy ijodining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati» mavzusida ilmiy konferensiya hamda adib tavalludiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tadi. Respublika teatrlarida adib asarlari asosida spektakllar sahnalashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xalqimizning sevimli yozuvchisi Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi farmoyishida yuqoridagi ishlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring