Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yulduz Usmonovaning sudi yana qoldirildi

Yulduz Usmonovaning sudi yana qoldirildi

Qoraqalpog‘istonning «El xizmatida» gazetasi jurnalistlari xonanda Yulduz Usmonovani mahalliy telekanallardan birida aytgan gaplari uchun sudga berishgani haqida xabar berilgandi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining ish yurituviga kelib tushgan sud muhokamasi 7 iyul kuni soat 14:00 ga tayinlangan, ammo javobgar Yu.Usmonova sudga o‘zining sog‘ligi yomonligi sababli ishni ko‘rishni keyinga qoldirish to‘g‘risidagi arizasi bilan murojaat qilgan. Shunga asosan sud majlisi 2021 yil 16 iyul kuni soat 14:00 ga qoldirilgandi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi sudda ham Yulduz Usmonova qatnashmagan.

Da’vogar javobgar vakilining ishtirok etishiga e’tiroz bildirib, shaxsan Yu.Usmonova qatnashishini so‘ragan.

Javobgarning vakili —  advokat yozma iltimosnoma kiritib, ish hujjatlari bilan tanishish va sud muhokamasiga tayyorlanish uchun muhlat berishni so‘radi.

Sud o‘z joyida ajrim qilib, da’vogarning javobgar vakili ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi iltimosnomasini rad etgan.

Shuningdek, javobgar vakilining ishni keyinga qoldirish iltimosnomasini qanoatlantiradi.

Sud majlisi VKA rejimida ko‘rilishi 2021 yil 23 iyul soat 15:00 ga qoldirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring