Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yulduz Usmonovaning AQShdagi konserti o‘tkazilmaydi

Yulduz Usmonovaning AQShdagi konserti o‘tkazilmaydi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Yulduz Usmonovaning 9-may kuni kutilayotgan AQShdagi konserti bekor qilindi. Bu haqda Ocean Theatre ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi. 

«Hurmatli tomoshabinlar, chipta pullarini ular sotib olingan joydan qaytarib olishingiz mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Avvalroq qator amerikalik siyosatchilar uning Isroil haqidagi so‘zlari uchun uzr so‘rashni talab qilishgandi. 

Ammo Yulduz Usmonova uzr so‘ramasligini aytib chiqqan. «Agar siz sionistlar, meni uzr so‘raydi deb o‘ylasangiz, siz qattiq adashasiz», dedi Usmonova. 

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, noroziliklarning kuchayishi mahalliy siyosiy jarayonlar, saylovlar bilan bog‘liq va qarama-qarshilikning o‘zi shunchaki «uning mashhurligi uchun ishlaydi».

Nasso okrugi rahbari va gubernatorlikka nomzod Bryus Bleykman hamda shtat Assambleyasi deputatlari Maykl Novaxov va Alek Bruk-Krasni konsertni bekor qilishni talab qilishgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring