Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zangiotada 22 yoshli yigit mahalladoshining uyiga o‘t qo‘ydi. 12 yashar bolakay nobud bo‘ldi

Zangiotada 22 yoshli yigit mahalladoshining uyiga o‘t qo‘ydi. 12 yashar bolakay nobud bo‘ldi

Foto: «Dnepr Chas»

Shu yilning 16-mart kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi Harakat MFYdagi xonadonlarning birida yong‘in ro‘y berdi.

IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘in oqibatida uyining pol qismi va uy jihozlari yonib zarar ko‘rgan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasi B.Sning 2006-yilda tug‘ilgan o‘g‘li A.B.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida uyga ushbu jinoyatni jabrlanuvchining qo‘shnisi, 1996-yilda tug‘ilgan Z.A. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring