Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudyalar oliy kengashi raisi ishdan ketdi

Sudyalar oliy kengashi raisi ishdan ketdi

Foto: «Sputnik»

Xabarlarga qaraganda, O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashi raisi Ma’ruf A’zamovich Usmonov vazifasidan ozod etildi. Manbalarimizga ko‘ra bugun u Qo‘qon shahar hokimi etib tayinlangan.

Ma’ruf Usmonov asli qo‘qonlik. Mutaxassisligi – huquqshunos. Uzoq yillar prokuratura organlarida faoliyat yuritib, tergovchi, tuman prokurori, Bosh prokuraturada mas’ul xodim, Toshkent va  Farg‘ona viloyati prokuraturalarida rahbar lavozimlarida mehnat qilgan. Shuningdek, bir muddat O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida qo‘mita raisi, Davlat maslahatchisining o‘rinbosari ham bo‘ldi.

Darvoqe, bu Ma’ruf Usmonovning Qo‘qon shahri hokimi lavozimiga ikkinchi marta tayinlanishidir. U 2004-2006 yillarda ham shu vazifada ishlagan edi.

Ma’ruf Usmonovning O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashi raisi vazifasidan ozod etilishi Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yil dekabr oyidagi tarixiy murojaatnomasida uning faoliyatini keskin tanqid qilishi ortidan ro‘y bermoqda. O‘shanda mamlakat rahbari Oliy sud rahbariyati qatori uni ham to‘rt oy nari-berisida ishdan olishini ta’kidlagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring