Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yangi rahbar tayinlanadi

Bugun bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yangi rahbar tayinlanadi

Foto: «Nuz.uz»

2017 yilning avgustidan buyon Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Aktam Hayitov shu yilning 10 aprel kuni boshqa ishga o‘tgani haqida xabar bergan berdik. U O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining raisi etib saylangani ma’lum qilingan edi.

Rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Sherzod Qudbiyev Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlangan. Bungacha u Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan edi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati bu haqda ma’lumotga ega emasligini ma’lum qildi. Vazirlik Markaziy apparatida ham bunday ma’lumot yo‘q. Ammo axborot xizmati rahbari yangi vazirni tanishtirish marosimiga hamma narsa taxt qilib qo‘yilgani, u O‘zbekiston Bosh vaziri tomonidan jamoaga tanishtirilishi kutilayotganini ma’lum qildi.

«Xabar.uz» manbasining ma’lum qilishicha, ushbu vazifaga tavsiya etilganlar orasida Sherzod Qudbiyev nomzodi ham bo‘lgan. Qolaversa, u aynan shu vazirlikdan chiqqan kadr hisoblanadi. Sherzod Qudbiyev Vazirlar Mahkamasiga ishga o‘tgunicha 2007−2010-yillarda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (vazirlikning avvalgi nomlanishi)da turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. Shuningdek, 2012−2015-yillarda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markazi direktori bo‘lgan.

«Xabar.uz» ma’lumoti:

Sherzod Qudbiyev 1981-yil 12-aprelda Farg‘onada tavallud topgan. Farg‘ona politexnika instituti bitiruvchisi. Mutaxassisligi: moliya va kredit.

Foto: «Facebook» / Sherzod Qudbiyev

2010−2012-yillarda Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi bo‘lgan.

2012−2015-yillarda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markazi direktori bo‘lgan.

2015—2016-yillarda Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri o‘rinbosari vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring