Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelasi hafta O‘zbekistonga Turkiya Prezidenti tashrif buyuradi

Kelasi hafta O‘zbekistonga Turkiya Prezidenti tashrif buyuradi

Foto: «President.uz»

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on 29-aprel — 3-may orasida O‘zbekiston va Janubiy Koreyaga rasmiy tashrif uyushtiradi. Bu haqda «DAILY SABAH» nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Erdo‘g‘on O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazadi hamda Buxoro shahrini ziyorat qiladi.

«Umid qilamanki, turizm sohasida kerakli loyihalarimiz bilan ijobiy natijalarga erishamiz. O‘zbekistonda sayyohlikni rivojlantirish uchun eng yirik loyihalarimizni olib boramiz», deya Erdo‘g‘on so‘zlaridan iqtibos keltirgan manba.

Turkiya Prezidenti O‘zbekistonga tashrifidan so‘ng Janubiy Koreyaga yo‘l oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring