Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Tojikiston Bosh vazirlari uchrashuvida qator masalalar ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston va Tojikiston Bosh vazirlari uchrashuvida qator masalalar ko‘rib chiqildi

2021-yil 24-aprel kuni Xo‘jand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirli A.Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri K.Rasulzoda boshchiligidagi hukumat delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon o‘rtasidagi ochiq va konstruktiv muloqot ikki tomonlama aloqalarni ko‘p vektorli strategik sheriklikning yangi bosqichiga chiqishiga, ikki qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamfikrlik muhitini mustahkamlashga hissa qo‘shgani qayd etildi.

Tomonlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilda Tojikistonga uyushtiriladigan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish nuqtai nazaridan ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Muzokaralar chog‘ida tovar aylanmasini yanada rivojlantirish uchun salohiyatli imkoniyatlar, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar, transport-kommunikatsiya va suv-energetika sohalarida hamkorlik qilish, mintaqalararo aloqalarni yanada rivojlantirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Tojikiston delegatsiyalarining uchrashuvi ochiqlik, do‘stlik va hamfikrlik ruhida bo‘lib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring