Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev MDH rahbarlarining norasmiy sammitida qatnashib, Toshkentga qaytib keldi

Shavkat Mirziyoyev MDH rahbarlarining norasmiy sammitida qatnashib, Toshkentga qaytib keldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etdi. Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin kutib oldi.

Ikki davlat rahbarlarining suhbati bo‘lib o‘tdi, unda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlik istiqbollari, xalqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama qilindi.

MDH norasmiy sammitida Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston rahbarlari ham ishtirok etdi.

Ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, 2020-yilda Hamdo‘stlikda O‘zbekiston raisligining ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari MDHga a’zo mamlakatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun Rossiyaga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring