Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Shimoliy va Janubiy Koreya sammitiga munosabat bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Shimoliy va Janubiy Koreya sammitiga munosabat bildirdi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 28-aprel kuni Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje Inni Pxanmunjonda o‘tgan sammitdagi muvaffaqiyat bilan tabrikladi.

«Dunyo hamjamiyatining diqqat markazini o‘ziga jalb etgan mazkur tarixiy voqelik Koreya Respublikasi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishi, global xavfsizlik va mintaqadagi barqarorlikni ta’minlaydi», deyiladi Prezident maktubida.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27-aprel kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Pxanmunjondagi chegara punktida Koreya sammiti doirasida uchrashishgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring