Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi Konstitutsiyaning asosiy mezonlari aytildi

Yangi Konstitutsiyaning asosiy mezonlari aytildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida 2022 yilda yangi qomus qabul qilinishini aytgandi. Yangi qomusda quyidagilar asosiy mezon bo‘ladi:

  • ilgari amal qilib kelingan «davlat – jamiyat – inson» tamoyili «inson – jamiyat – davlat» deb o‘zgartiriladi;
  • iqtisodiy islohotlar jarayonida inson manfaatlarini ta’minlash bosh mezon bo‘ladi;
  • «Jamiyat – islohotlar tashabbuskori» degan ezgu g‘oya doirasida fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va maqomi mustahkamlanadi;
  • oila institutini rivojlantirish, ezgu insoniy qadriyatlarni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha konstitutsiyaviy asoslarni belgilanadi;
  • yoshlarning huquq va manfaatlarini to‘la ta’minlash maqsadida yoshlar sohasidagi davlat siyosati, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi, huquq va burchlari o‘z aksini topadi;
  • «Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat» degan tamoyil konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlanadi;
  • inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaldagi tizimning samarasini oshirish maqsadida bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik, nogironlar, keksa avlod vakillarining huquqlarini ishonchli himoya qilish masalalari aks etadi;
  • tabiatdagi global o‘zgarishlarni hisobga olib, ekologiyaga oid maxsus boblar kiritiladi;
  • Uchinchi Renessansning to‘rt uzviy halqasi bo‘lmish bog‘cha, maktab, oliy ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish masalalari mustahkamlanadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring